Sulaymon alayhissalomning duolarini qilsam bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namoz ichida - salovatdan keyin Sod surasining 35-oyatidagi Sulaymon alayhissalomning duolarini aytsam, bo‘ladimi? Va, umuman, namozdan tashqarida duo qilganimda ham ushbu duoni o‘qib yurishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz zikr qilgan duo shubhasiz Alloh taolo “A’rof” surasida qaytargan duodagi haddan oshish hisoblanadi. U Zot: “Robbingizga tazarru ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas”, degan. Buni shuningdek imom Abu Dovud rivoyat qilgan Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu ummatda tahorat va duoda haddan oshadigan qavm bo‘ladi”, degan hadislarida mazammat qilganlar. Ahli ilmlar mahol, imkonsiz narsani so‘rashlik duodagi qaytarilgan haddan oshish ekanligini aytganlar. Bu duoni Alloh taolo nabiysi Sulaymon alayhissalomga ijobat bo‘lishini xos qilgan. U zotdan keyin bu duo hech bo‘lmaydi. Allohning nabiysi Sulaymon taraflaridan qilingan bu duo sababli Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozlarida u zotga tashlagan shaytonni masjidning ustuniga bog‘lab qo‘yishni qabul qilmaganlar. Chunki jinlarni bo‘ysuntirilishi Sulaymon alayhissalomning so‘ragan narsalari bo‘lgan. Shunday ekan qanday qilib kimdir bu narsalarni o‘ziga so‘rashi mumkin? Bu ochiq-oydin xatolardan hisoblanadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 06:51 | Savol-javoblar | 170 | Duolar