Qur’oni Karimni lotin yoki kirill alifbosida o‘qish

Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir masalada tortishuv bo‘lgandi shunga oydinlik kiritish maqsadida savol bermoqchi edim. Qur’oni Karimni qori bo‘lish uchun emas, balkim yangi namoz o‘qishni boshlayotganlar uchun kirill yoki lotin alifbosida o‘qish haqida shayx Hazratlarining avval bergan javoblarini o‘qidim “https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topik=24883.0”. Unda “harom” degan joyi yo‘q. Lekin manna bu saxifada “https://www.quran.uz/qurani-karim/quran-odoblari/547-maqola.html” Saudiya Arabistoni Mamlakatidagi yirik ulamolar hay’atining qarori «Majlis a’zolari mavzuni chuqur o‘rganib, bu borada olib borilgan muzokara va muhoqamalardan so‘ng Qur’oni Karimni lotin yoki boshqa alifboda yozish harom ekaniga bir ovozdan qaror qildilar». 1399 h. Shavvol. Men bilmoqchi bo‘lgan narsa namoz kitoblarida yozilgan kirill yoki lotin alifbosidagi sura yoki oyatlarni namoz o‘qish uchun yodlash ham harom bo‘ladimi? Iltimos shunga javob berib o‘tsangizlar. Oldindan katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zarurat ba’zi man qilingan ishlarni muboh qiladi degan qoidaga asosan, xalqimizning arabiy savodi chiqqunicha kirill va lotin alifbosida yozilgan. Hozirga kelib, bunga hech qanday zarurat qolmadi. Shuning uchun Ustozimizning o‘zlari ham “Tafsiri Hilol”ning keyingi juzlarida kirill harfida yozishni to‘xtatganlar.  Vallohu a’lam.

1 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 296 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar