Namoz va tahorat

Assalomu alaykum! Meni kasbim pardozlovchi shu sababli namozni ish kiyimida o‘qiyman kiyimim kiraska va kleylarga  o‘xshash bo‘yoqlar tekkan bo‘ladi lekin najosatdan xoli Rahmatullox domla maruzalarida Alloh bergan ne’matlarini bandalari ustida ko‘rishni xoxlaydi namozda go‘zal kiyimda o‘qish kerak deganlar, lekin meni xolatim 3-4 vaqt namozim shu kiyimda to‘g‘ri keladi almashtirishda xardoyim xam vaqt yoki sharoit bo‘lmaydi. Nima qilishim kerak, biror engillik bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kleylar suv o‘tkazmaydi, tahoratda yuviladigan a’zolarni kleydan taozalab tahorat olishingiz shart. Hadeb tozalashga mashaqqat bo‘lsa tahoratda yuviladigan joylarga qo‘lqop kabi narsalar kiyib ishlang. Kiyim masalasida aslida najosatdan pok bo‘lsa bo‘ldi, lekin domla aytganlaridek imkon qadar go‘zal kiyim kiyishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar