kasbga oid ba’zi noqulayliklar
Assalomu alaykum, ustoz, Alloh O‘zini yo‘lida qilayotgan ishlaringizni ikki dunyoda ajrini ulug‘ qilsin!man bir yilcha oldin sizdan o‘qigan soham bo‘yicha ya‘ni dasturchilikda halol kasb qidirib yuribman deb duo so‘rgandim, mana alhamdulillah hozir o‘z soham bo‘yicha ishlayapman va bu sohada ba‘zi mumkin bo‘lmagan ishlardan siz bergan javoblar orqali Alloh fazli ila anchasidan saqlanish nasib qildi, alhamdulillah.O‘zini diniga hizmat qilish ma‘nosida bu sohada ba‘zi ishlar qilmoqchi bo‘lib yurgandim, ahli ilmlardan taklif tushib qoldi. Ularni taklifi manga yoqdi, lekin ishlatayotgan dasturlarni sotib olishmagan ekan, sotib olish kerakligini sizni savol-javoblaringiz orqali yaxshi bilishadi, lekin... Mani ikkilantirgan narsa ularni taklifi savobli ish, lekin ba‘zida shunday muammolar yuzaga chiqqanda nima qilish kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariat yo‘l bergan ishlarni qilish kerak. Savobli ish uchun gunoh ishni qilishga yo‘l yo‘q.
4 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom