zikr

Assalomu alaykum shayx hazratlari!Bomdod namozidan keyin qaysi zikrlarni aytish kerak. Payg´ambarimiz odatda bomdod namozidan keyin qanday zikrlarni aytganlar? iloji bulsa o´sha zikrlarni arabcha matnida bersangizQilayotgan ishlaringizdan Alloh uzi rozi bo´lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu so‘rovingizga Allox nasib etsa, yakinda nashrdan chikadigan «Ruxiy tarbiya» kitobining birinchi juzi «Poklanish»dan iktibos keltiramiz. “Imom Navaviyning aytishicha, zikr uchun eng afzal vakt Bomdod namozidan keyingi vaktdir. O‘sha vaktda farishtalar xozir bo‘ladilar. Imom Molik shuning uchun xam Bomdod namozidan to kuyosh chikkunicha gapirish va uxlash makruxdir, deganlar.Bomdodning farzini o‘kib bo‘lganidan so‘ng, cho‘kkalab o‘tirgan xolida, gapirmay turib o‘n marta ushbu rivoyatda kelgan matnni o‘kiydi:Abu Zarr roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi:«Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam dedilar: «Kim bomdod namozidan keyin oyogini yikkan xolida turib, gapirmasdan oldin o‘n marta «Laa ilaxa illalloxu, vaxdaxu laa shariyka laxu, laxul mulku va laxul xamdu, yux’yi va yumiytu va xuva ala kulli shay’in kodiyr» desa, unga o‘n xasanot yozilur, o‘n xatosi o‘chirilur, uning o‘n darajasi ko‘tarilur. O‘sha kuni u barcha yokimsiz narsadan ximoyada bo‘lur va shaytondan saklanur. O‘sha kuni uni gunox xam tutmas, magar Allox taologa shirk keltirmagan bo‘lsa».Termiziy rivoyat kilgan.Ko‘pchilik mashoyixlar va o‘tgan azizlar ushbu rivoyatda kelgan duoni o‘zlariga kundalik vazifa kilib olganlar. Xar bir kishi bunga amal kilmogi lozim. Chunki bomdod namozidan keyin o‘rnidan turmay, oyoklari yigilgan xolda, dunyoviy gaplarni gapirmay turib bu duoni o‘kigan odamga ko‘pgina yaxshiliklar va’da kilinmokda:1. Unga o‘n xasanot yozilur.2. Uning o‘n xatosi o‘chirilur.3. Uning o‘n darajasi ko‘tarilur. 4. O‘sha kuni u barcha yokimsiz narsadan ximoyada bo‘lur.5. Shaytondan saklanur.6. O‘sha kuni uni gunox xam tutmas, magar Allox taologa shirk keltirmagan bo‘lsa. Agar Allox taologa shirk keltirgan bo‘lsa, ishi chatok bo‘ladi.Undan so‘ng «Sayidul istigfor»ni o‘kiydi:Shaddod ibn Avs roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi:«Nabiy sollalloxu alayxi vasallam dedilar: «Istigforning sayyidi «Alloxumma anta robbii. Laa ilaxa illa anta. Xolaktaniy. Va ana abduka va ana ala axdika. Va va’dika mastato’tu. A’uzu bika min sharri maa sona’tu. Abu’u laka bi ne’matika alayaya. Va abu’u bi zanbiy. Fagfir lii. Fa innaxu laa yagfiruz-zunuba illaa anta» demogingdir.Kim uni ishonch bilan naxorda aytsa, o‘sha kuni kech kirishdan oldin o‘lib kolsa, axli jannatdan bo‘lur. Kim uni ishonch bilan kechada aytsa, o‘sha kuni tong otishidan oldin o‘lib kolsa, axli jannatdan bo‘ladi».Beshovlaridan fakat Muslim rivoyat kilmagan.Ma’nosi: «Ey, Alloxim! Sen Robbimsan! Sendan o‘zga iloxi ma’bud yo‘k. Sen meni xalk kilding. Men Sening bandangman. Men kodir bo‘lganimcha Sening axding va va’dangdaman. Sendan o‘zim kilgan narsalarning yomonligidan panox tilayman. Sening menga bergan ne’matingni e’tirof kilaman. Senga gunoxlarimni xam e’tirof kilaman. Meni magfirat kil. Sendan boshka xech bir zot gunoxlarni magfirat kilmas». Ushbu «Sayyidul istigfor» nomi ila mashxur bo‘lgan duoni o‘kib yurishni ko‘pchilik azizlar odat kilishgan. Duoni yaxshilab yod olib o‘kib yurmokni odat kilish lozim.Keyin kuyidagi duoni o‘kiydi:Abdullox ibn Abdurroxman ibn Abziydan, u otasidan rivoyat kiladi:«Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam kachon tong ottirsalar: «Asbaxnaa ala fitratil Islami va kalimatil ixlasi va diyni nabiyyinaa Muxammadin sollalloxu alayxi vasallama va millati abiynaa Ibroxiyma xaniyfan musliman va maa kana minal mushrikiyn», der edilar».Ma’nosi: «Islom tabiati, ixlos kalimasi, paygambarimiz Muxammad sollalloxu alayxi vasallamning diyni va bosh ka dinlarga ogmagan muslim xamda mushriklardan bo‘lmagan otamiz Iborximning millatida tong ottirdik».So‘ng kuyidagi duoni o‘kiydi.Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi:«Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: «Alloxim! Menga ishimning boshi bo‘lgan dinimni islox kilgin. Menga unda maoshim bo‘lgan dunyomni islox kilgin. Menga unda kaytar joyim bo‘lgan oxiratimni islox kilgin. Menga xayotni xar bir yaxshilikda ziyoda kilgin. Menga o‘limni xar bir yomonlikdan roxat kilgin», der edilar».Tolk ibn Xabibdan rivoyat kilinadi:«Bir kishi Abu Dardoning xuzuriga kelib: «Ey Abu Dardo, uying kuyib ketdi», dedi.«Kuygani yo‘k. Men Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan eshitgan gapga ko‘ra Allox bunday kilmagan bo‘lsa kerak. U zot shunday dedilar: «Bir kalimalar bor, ularni kim naxorning avvalida aytsa, kech kirguncha unga musibat etmas, kim ularni naxorning oxirida aytsa, unga tong otguncha musibat etmas: «Ey Alloxim! Sen Robbimsan. Sendan o‘zga iloxiy ma’bud yo‘k. Senga tavakkul kildim. Va Sen ulug Arshning Robbisisan. Allox nimani xoxlasa bo‘ladi, nimani xoxlamasa, bo‘lmaydi. Aliy va Aziym Alloxdan boshkaning xavli xam, kuvvati xam yo‘k. Bilurmanki, Albatta, Allox xar bir narsaga kodirdir va Allox barcha narsani ilmi ila ixota kilgandir. Alloxim! Albatta, men Sendan o‘z nafsim yomonligidan va Sen peshonasidan tutgan xar bir jonivorning yomonligidan panox tilayman. Albatta, Robbim siroti mustakiymdadir».Ibn Sunniy rivoyat kilgan.

21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 187 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar