Tafsiri Hilol Ra’d surasi 12-oyati

Hurmatli Shayx Hazratlari!Bu aslida savol emas, balki bildirish deya qabul qilg‘aysiz!Man Tafsiri Hilolni o‘qiyman. Yaqinda 3-juzida Ra’d surasining 12-oyatidagi sharxni o‘qib biroz o‘ylanib qoldim. Oyat quyidagicha (ma’nosining o‘zbekchasi):«U sizlarga chaqmoqni xavf va tama’ qilib ko‘rsatur va og‘ir bulutlarni paydo qilur»Pastrog‘ida sharxda yozilgan parcha: «chaqmoq chaqqanda havodagi kislorodni kuydirib azotga aylantiradi. O‘sha azot moddasi chaqmoqdan keyingi yomg‘ir ila erga tushib o‘g‘itga aylanadi.», deyilgan.Albatta, chaqmoq paytida havodagi kislorod va azot reaktsiyalarining bunday tushuntirilishi juda ham oddiy va mutaxassis bo‘lmaganlar uchun balki ma’quldir. Ammo mutaxassislar uchun bunday tushuntirish xato bo‘lib qoladi (chunki bir ximyaviy element kislorodning chaqmoq sababli azotga aylanishi mumkin emas). Sal kengroq olsak, aslida chaqmoq paytida havodagi kislorod O2 uch atomli ozon O3 ga aylanadi. U esa juda ham kuchli oksidlovchi hisoblanadi va u havo tarkibidagi (taxminan 78 % bo‘lgan) azot N bilan engil kirishadi va nitratlarga (masalan NO3ga), ya’ni yuqorida yozilgan o‘g‘itlarga aylanadi. Buni yozishimdan maqsad, omi insonlar kislorod azotga aylanadi (chunki bunday reaktsiya mumkin emas) yoki yomg‘ir yoqqanda ustimizdan o‘g‘it yog‘ib turar ekan deb to‘poricha tushunishmasdin deb edim. Meni ma’zur tutgaysiz!Vallohu a’lam!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gaplar mening gapim emas. Mutaxassislarning gapi. Men uning tarjimasini yozganman. Siz kimsiz O‘zi? Siz bu bo‘yicha mutaxassis bo‘lsangiz. Nimaligini aniq aytib, o‘shalarga raddiya bering. Mazkur jarayonlar sizning ilmingiz bo‘yicha qanday kechishini bayon qiling.

4 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar