Kiprik ulashdan tushgan foyda

Assalomu alaykum! Men kiprik qo‘yishni o‘rganganman, qidiruvdan kiprik qo‘yilsa taxorat o‘tmaydi degan gap o‘qidim, lekin xarom yoki xalolligi xaqida gaprilmagan ekan. Agar men kiprik qo‘ysam mijozlarimdan olgan pulim xarom bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kiprik qo‘yib bergan ayollarning o‘sha holatda olgan tahoratlari durust bo‘lmaydi. Betahorat o‘qigan namozlari qabul bo‘lmaydi. Bunga sizning ishingiz bevosita sababchi bo‘ladi. Shunday ekan qanday qilib buning evaziga olayotganingiz halol bo‘lsin? Vallohu a’lam!

19 Iyun 2022, 18:42 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar