Bank foizi haqida

Assalomu alaykum! Aziz birododarlar, men ishlaydigan korxonada maosh plastik karta orqali amalga oshiriladi. Shu yildan boshlab markaziy bank qaroriga asosan menga plastik kartamdagi mablag‘dan foiz to‘lanayapti. Men bankka murojaat qilib “shu foizlardan voz kechmoqchiman” desam “bu tizim orqali barchaga to‘lanadi, buni olib tashlab bo‘lmaydi” deb javob berishdi. Har oy menga 1.000 1.500 gacha pul o‘tmoqda. Bu pullar sudxo‘rlikka kiradimi? Bu majburiy tarzda berilyapti, men ularni bermaslikni taqiqlay olmayman. Yoki shu pullar miqdoridagi pullarni ehson qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Avvaldan javobingiz uchun rahmat. Hurmat ila Avazxon.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ularni olib, savob umid qilmay faqir va miskinlarga tarqatib yuboring. Shunda sadaqa qilganning savobiga ega bo‘lmasangizda, shariat hukmiga amal qilganingiz uchun savob olasiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar