Tavba qilmay qo‘yilsa boshqa qavmni kelishi
Assalomu alaykum! Men bir maruzada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kelgan xadisni eshitib qoldim. Shu sahihmi? Yani ma’nosi agar insonlar gunoh qilib tavba qilmay qo‘ysa Alloh sizlarni yo‘q qilib O‘ziga boshqa gunoh qilib tavba qiladigan va tavbasini qabul qilib jannatga kirgizadigan qavm yaratib oladi degan ekanlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Hud" surasida marhamat qiladi: فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقَدْ أَبْلَغْتُكُم مَّا أُرْسِلْتُ بِهِ إِلَيْكُمْ وَيَسْتَخْلِفُ رَبِّي قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلاَ تَضُرُّونَهُ شَيْئًا إِنَّ رَبِّي عَلَىَ كُلِّ شَيْءٍ حَفِيظٌ 57. Agar yuz o‘girib ketsangiz, batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan bo‘lsam, uni sizlarga etkazdim. Robbim o‘rningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi va siz Unga hech bir zarar etkaza olmassiz. Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qiluvchidir».
Ya’ni «Agar siz mendan yuz o‘girib ketmoqchi bo‘lsangiz, bemalol ketavering, mening qo‘rqadigan yoki mulohaza qiladigan joyim yo‘q.
«...batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan bo‘lsam, uni sizlarga etkazdim».
Alloh taolo menga payg‘ambari sifatida nimani topshirgan bo‘lsa, o‘shani bajardim. Vazifamni sharaf ila ado etdim. Endi U Zotning O‘zi siz bilan hisob-kitob qilib oladi. Agar xohlasa:
«Robbim o‘rningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi…»
Siz kufringiz, beboshligingiz ila azobga haqli bo‘ldingiz. Shuning uchun U sizni xohlagan vaqtida halok qilib, yo‘qotib tashlab, o‘rningizga O‘ziga iymon keltiradigan, taqvo qiladigan bir qavmni keltirishi hech gap emas. Agar shunday qilsa:
«...siz Unga hech bir zarar etkaza olmassiz».
Qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi. Chunki siz ojiz bir bandasiz.
«Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qiluvchidir».
Siz Undan qochib, qutula olmaysiz. Biz mo‘minlarni va dinni Allohning O‘zi himoya qilib oladi». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 10:03 | Savol-javoblar | 201 | Hadislar