Bir nechta savollar
Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin! Meni bir nechta savollar qiynayapti, javobingiz uchun oldindan rahmat!
1). Tarkibida pankratin bo‘lgan dorilarni ichish mumkin emasligi to‘g‘risida o‘qidim. Bazi hollarda bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda egani hazm bo‘lmay qoladi, shunda hazm qiladigan dori ichmasa bo‘lmaydi. Ammo hamma hazm qiladigan dorilardan pankratin bor. Shunday holatda bolaga zarar etib qolmasligi uchun shu dorini bersa bo‘ladimi?
2). Ayol kishi masjid hovlisidan betahorat yursa bo‘ladimi? Mahallamizdagi masjid yo‘lning o‘tasida. Shunga ko‘pincha uni aylanib o‘tmasdan masjid hovlisidan kesib o‘tishadi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Tiqilib qolgan bolaga suv ichirib yuborishda najosat tushgan suvdan boshqa suv topilmasa uni ichirish joiz – deyilgan. Saytimizda Harom ila davolanish degan maqola bor. O‘qib ko‘rsangiz etarlicha xulosa chiqarib olasiz. Yana bir gap hozirgi kunda shariat bir tomon engillik haromdan bo‘lsa ham bir tomon bo‘lib qolsa, ko‘pchilik harom tomonni tanlaydigan bo‘lishdi. Aslida bir oz harakat qilinsa o‘sha haromning ham bir necha o‘rinbosarlari bor. Qishloqlarga borsangiz u erlarda ham odamlar yashashadi, sizni farzandingiz tushgan holatga ularni ham farzandlari tushishadi. Lekin ular tabiiy va oddiy halol yo‘laridan foydalanishadi. Dorini boshqa haloli haqida mutaxassislardan maslahat so‘rang. 2). Tahoratsiz masjid xovlisiga kirish joiz, xonaqohning ichiga kirish joiz emas. Ammo yuvilgan-yuvilmaganning masjidni o‘tish yo‘lagi qilib olishi joiz emas. Xususan to‘sinishni unutib qo‘ygan ayollarga. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush