Azador ayolning oq ro‘mol o‘rashi haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, azador ayollarning oq ro‘mol o‘rashi yoki aza ko‘ylaklar kiyishi shariatimizda bormi? Bu narsalarni mayyitga og‘irligi tushmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! IDDADA JOIZ BO‘LMAGAN IShLAR Eri vafot etib iddada o‘tirgan ayol, uyidan tashqariga chiqmaydi, boshqa erga nikohlana olmaydi va ziynatlana olmaydi. Iddagi ayolning ziynatlanishi haromdir. Ziynatni tark qilib, bepardoz o‘tirishga aza deyiladi. (Bazzoziya). IDDADA O‘TIRGANDA AZA TUTISh VOJIB Masala: Muslima, oqila, bolig‘a ayol aza tutishi vojibdir. Kofira, majnuna va balog‘atga etmagan ayollarga aza tushtish vojib emas. Pardoz-andoz qilishlari mumkin. Lekin uydan chiqish va boshqaga nikohlanish ularga ham durust emas. (Bazzoziya)
Masala: Nikohning shartlari topilmay qilingan nikoh orqali er-xotin bo‘lganlarning eri vafot etsa, Bunday ayolga aza tutish vojib emas. (Bazzoziya)
Masala: Iddadagi ayolga sovchi qo‘yish yoki menga tegasanmi kabi ochiq lafzlar bilan nikohlanishni izhor qilish haromdir. Albatta soliha ayol bo‘lsa uylanardim, deb iddasi chiqsa uylanishi mumkinligini ishora qilish joiz. Taloq iddasidagi ayolga ishora qilish ham joiz emas. (Durrul Muxtor)
Masala: Iddadagi ayol iddasi chiqqunicha, xushbo‘yliklar iste’mol qilishi, kiyimi va badaniga surtishi, taqinchoq va gullar taqishi, surma qo‘yishi, labini bo‘yashi, sochini tarashi, hina qo‘yishi, ranglichiroyli kiyim va yangi ko‘ylak kiyishi haromdir. Rangli kiyim eski bo‘lsa, joiz.
Masala: Iddadagi ayol boshini yuvishi, yuvishini joiz. Bit tushishi kabi zarurat vaqtida sichini ham tarashi mumkin. Lekin sochiga ziynat berishi joiz emas. (Bazzoziya)
Masala: Iddadagi ayolning barcha kiyimlari ziynatli bo‘lsa, soddaroq kiyim topib kiyishi kerak. Ungacha ziynatni maqsad qilmasdan kiyib turishi joiz. (Roddul Muhtor)
Masala: Idda tugagach yuqoridagi qaytariqlarning barchasi bekor bo‘ladi va nikohlansa ham joizdir. (Bazzoziya)
Masala: Ayol kishi eridan boshqa biror kishining vafotiga aza tutishi joiz emas. Albatta agar eri man qilmasa, yaqin qarindoshlarining vafoti uchun pardoz-andozni uch kungacha tark qilishi mumkin. Undan ortiq pardoz-andozni tark qilib aza tutishi haromdir. Agar er yaqin qarindoshlarning vafoti uchun uch kun aza tutishni ham man qilsa, ayolga aza tutish joiz emas. (Bazzoziya). عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ قَالَتْ: كُنَّا نُنْهَى أَنْ نُحِدَّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلاَثٍ إِلاَّ عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا وَلاَ نَكْتَحِلَ وَلاَ نَتَطَيَّبَ وَلاَ نَلْبَسَ ثَوْبًا مَصْبُوغًا إِلاَّ ثَوْبَ عَصْبٍ وَقَدْ رُخِّصَ لَنَا عِنْدَ الطُّهْرِ إِذَا اغْتَسَلَتْ إِحْدَانَا مِنْ مَحِيضِهَا فِي نُبْذَةٍ مِنْ كُسْتِ أَظْفَارٍ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ التِّرْمِذِيَّ Ummu Atiya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Biz biror mayyitga uch kundan ortiq motam qilishdan nahyi qilingan edik. Magar er bo‘lsa, to‘rt oyu o‘n kun edi. Surma qo‘ymas, xushbo‘y narsa surtmas, bo‘yoqli kiyim kiymas edik. Magar asli bo‘yalgan bo‘lsa, bo‘laverar edi. Batahqiq, birimiz hayzidan pok bo‘lganda qachonki g‘usl qilsa, bir oz «kust»ga ruxsat berilgan edi».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 233 | Ayollarga oid masalalar