Zakot berishim kerakmi?
Assalomu alaykum! Men chet davlatda ishlayman. Bir oylik ish xaqqim o‘rtacha 1700 dollarni tashkil qiladi. Demak menga zakot berish farz bo‘ladi, lekin otam menga “Senga xali zakot berish shart emas, chunki topgan pulingni xammasi uy-joy qurish uchun sarflanyapti” deyaptilar. Men esa zakot berishim kerak deyapman. Nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar bir yil oldin ham o‘sha pulga ega bo‘lgan bo‘lsangiz, hozirda ham maoshingiz o‘sha bo‘lsa, zakot berishingiz vojib bo‘ladi. Ko‘pchilik “Faqat qo‘lidagi molidan bir marta zakot beriladi yoki ko‘paysa beriladi, yil mobaynida qo‘shilganlariga ham bir yil to‘lsa beriladi” deb o‘ylashar ekan. Aslida esa mol nisobga etsa va o‘sha nisob orada kamayib yoki ko‘payib bo‘lsada bir yildan keyin qo‘lida bo‘lsa zakot beradi. U nisobga qancha qo‘shilsa undan ham beriladi, qo‘lidagi moli nisobdan bir necha bor ko‘p bo‘lib keyingi yiliga nisobni o‘zi qolsa ham undan zakot chiqariladi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar