Tarjima qilib pul topish

Assalomu alaykum! Uy bekasiman. Yaqinda tarjima bo‘yicha ish topilib qoldi. Asli ingliz tilida yozilgan kitobning rus tiliga o‘girilganini nashriyot uchun o‘zbek tiliga tarjima qildim. Bir opa o‘rtada turib bir nechta nashriyotdan buyurtma olib tarjimonlarga tarqatadilar keyin tarjimani olib topshiradilar. Men kitobni elektron shaklda olib, o‘zbekchasini yozib chiqdim. Bitta sahifa 7000 so‘mdan. Asosan psixoligiyaga oid kitoblar. Ikkita kitobdan keyin muborak oy munosabati bilan 100.000 so‘m mukofot berishdi. Shu ish joizmi, olgan pulim halolmi? Avvaldan rahmat, qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tarjima qilgan kitoblaringizda iymon-e’tiqodga zid gaplar bo‘lmasa ishingiz joiz. Mukofot puli ham joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar