Xikoya

Assalomu alaykum! Shu voqea rostdan bo‘lganmi? ULAR UY HAM QURADILARMI? Nuh alayhissalom zamonida insonlarning umri uzun bo‘lgan ekan. 800-1000 yil umr surar ekanlar. Bir ayolning o‘g‘li vafot etibdi. Bu ayol qattiq qayg‘urib, yig‘labdi. Qo‘shni ayollardan biri aytibdi: - Nimaga buncha yig‘laysan. Allohu taoloning taqdiri shunday ekan. - Albatta shunday. Men unga yig‘lamayapman. - Unda nimaga yig‘layapsan? - Bolam ko‘p yashamadi deb, onalik shafqatim bilan yig‘layapman. - Bolang necha yoshda edi? - 275 yoshda edi. - Agar sen bunga yig‘laydigan bo‘lsang, oxir zamonda keladigan ummat nima qilsin, umrlari 50-60 yil bo‘ladi. - Jiddiy aytyapsanmi? - Albatta. - Alloh, Alloh, ular uy ham quradimi? - Ha, yana bitta emas, bir nechta uy qurar ekanlar. - Men ularning o‘rnida bo‘lsam, chodirimning qozig‘ini ham o‘zgartirmasdim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sahih hadislarda bunday rivoyat kelmagan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 150 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar