Nikoxda shaxodat kalimasini aytish

Assalomu alaykum! Nikohda hamma shartlar bajarilib faqat shahodat kalimasi aytilmagan bo‘lsa nikoh bog‘lanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shahodat kalimasini aytish iymoni bo‘lmagan yoki o‘zini musulmon deb bilsada, o‘sha kalimani aytishni bilmaydiganlarga shart. Doimiy kalimani aytib yuradigan, namozxonlarga shart emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar