Farmatsevtika firmasida halollik

Assalomu alaykum! Men bir farmatsevtika firmasiga ishga kirdim, bu erda ishlash shifokorlar va aptekachilar bilan bo‘larkan, bizga firmamiz pul va dorilarni beradi. Dorilarni dorixonalarga tarqatib, firma bergan pulni dorixonalar yonidagi shifokorlarga ozgina-ozginadan berib chiqamiz, shifokorlar bizdan pulni olib kelgan bemorlarga biz aytgan dorilardan yozishadi(pul bermasak yozishmaydi). Lekin bemorlarga bundan boshqa dorilar xam yozib bersa bo‘ladi, biz pul berganimiz uchun bizni dorilarni yozib berishadi, shifokorlarga xam, bizga xam foyda bo‘lyapti. Lekin bizni va shifokorlarni topayotgan pulimiz xalol bo‘ladimi, bu ishimiz qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri. Bunday ishlaydigan firmalar xozirda o‘zbekiston da ko‘payib ketgan shunga to‘liq javob bering iltimos. Bu ishni qilsak bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qalloblik, firibgarlik, yolg‘on va birovlarning haqqiga tajovuz qilishdan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar