5 vakt Namoz xakida

Assalomu alaykum! Ustozlar beraetgan savolim uchun xijolatdaman savolim kuyidagicha edi. Nega 5 vakt namozlarda farz va sunnatlar xar xil masalan bomdod namozida 2 rakat farz 2 rakat sunnat peshin namozida 4 rakat farz 6 rakat sunnat asr namozida 4 rakat farz sunnat yuk shom namozida 3 rakat farz 2 rakat sunnat xufton namozida 4 rakat farz 2 rakat sunnat 3 rakat vitr namozlari. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saytimizga yangi bo‘lsangiz savol berishdan oldin qoidalari bilan yaxshilab tanishib chiqing. Qoidalarimizda “Ta’abbudiy, masalalar ya’ni “Bomdod namozi nima uchun ikki rak’at, nega namozda ikki marta sajda qilinadi” kabilarning hikmatini so‘rash odobdan emas"ligi ta’kidlab o‘tilgan. Qoidalarimizga rioya qilsangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu masalalarni nomini “taabbudiy” masalalar deyiladi. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:13 | Savol-javoblar | 89 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar