Davolanish uchun to‘plangan puldan zakot

Assalomu alaykum! Biz birinchi marta zakot berishlikka qodir bo‘ldik. Turmush qurganimizga 5 yil bo‘ldi, farzand ko‘ra olmayapmiz. Hozir chet eldamiz. O‘zbekistonga qaytib davolanmoqchimiz. Zakotga yig‘ilgan pulni ichida ma’lum bir qismini davolanishga ajratganmiz. Umumiy yig‘ilgan mablag‘imizni hisoblab zakot beramizmi? Yoki,davolanishga ajratgan pulimizni chiqarib tashlab o‘shandan qolganigami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Umumiysidan zakot ajratasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:19 | Savol-javoblar | 148 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar