Kvartiralar uchun zakot

Assalomu alaykum! Meni o‘z yashab turgan uyimdan tashqari 3 ta kvartiram bor, shu 3 ta kvartirada yil davomida ijarachi turib, menga qo‘shimcha daromad keltiradi, bundan tashqari boshqa chala bitgan xovli joyim bor. Zakot uchun nisob chiqarishda shu uylarni qiymatidan nisob chiqaramanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ijaraga qo‘yish uchun olgani qiymatini nisobga qo‘shmaysiz. Pulni band qilish uchun olib qo‘ygan kvartirangizni qiymatini qo‘shasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 162 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar