Assalomu alykum

Assalomu alykum! Ustoz chalqancha yotish qandoq bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
ChALQANChA YoTIShUbbod ibn Tamiymdan, u amakisi(Abdulloh ibn Zayd ibn Osim al-Mozaniy)dan rivoyat qilinadi:«Ul zotni ko‘rdim» degan edi, men Uyaynaga: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamnimi?» – dedim. U: «Ha, chalqancha tushib, bir oyoqlarini ikkinchisi ustiga qo‘yib yotganlarini», – dedi».Demak, chalqancha tushib yotish joiz bo‘lib, bu ish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sobit bo‘lgan ekan. Bunday holda yotishni man’ qilgan rivoyatlarda avrat ochilib qolishi ehtimoli ko‘zda tutilganini ulamolarimiz alohida ta’kidlaganlar. Ummu Bakr binti al-Misvordan, u otasidan rivoyat qilinadi:«Men Abdurrohman ibn Avfning bir oyog‘ini ikkinchisi ustiga qo‘yib chalqancha yotganini ko‘rdim».Abdurrohman ibn Avf Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bardavom hamsuhbat bo‘lgan ulug‘ sahobalardan hisoblanadilar. Shunday ulug‘ zotlar bir ish qilsalar, buni albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘rgan bo‘ladilar.

7 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar