Nasroniy ayol
Assalomu alaykum! Qadrli Zikr ahlidan so‘rang hay’ati, Alloh qilayotgan ishlaringiz uchun O‘zi bilgan adadda mukofotlasin, sizlarni yana bezovta qilishga majbur bo‘ldim. Kecha turk ijodkorlari tomonidan suratga olinga "Nyu Yorkning besh minorasi" (Pyat minaretov Nyu Yorka) deb nomlangan filmini ko‘rdim. Film bugungi kundagi islomiy ekstremizmga qarshi suratga olingan ekan. Film bosh qahramoni Qur’ondan xabari bor, islom dinini yaxshi bilgan bir odam bo‘ladi. Lekin uning rafiqasi nasoro bo‘ladi va ular birga yashashadi. Ya’ni ayol o‘z dinida er ham o‘z dinida. U kishiga ikki turk yigiti “axir bunday yashab bo‘lmaydiku” desa, u kishi bunga ruxsat borligini keltirib beradi. Xullas mana shu narsa meni o‘ylantirib qo‘ydi. Keyin izlash xizmatidan izlab topdim. Hazratga (Alloh rahmatiga olsin) “nasroniy, Xudoni uchta deydigan ayolga uylanish joizmi” deb savol berilganda, “joiz” degan ekanlar. Iltimos agar ilojisi bo‘lsa shu haqida to‘liqroq ma’lumot bersangizlar. Yoki qaerdan to‘liq ma’lumot olish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Moida” surasi 5-oyatida marhamat qilib :
Bugungi kunda sizlarga barcha pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Iffatlari saqlangan mo‘minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lgan iffatlari saqlangan ayollar ham, agar iffatingizni saqlagan, zinoga bormagan va o‘ynash tutmagan holingizda mahrlarini bersangiz, (sizga haloldir). Kim iymonni inkor qilsa, uning amali habata bo‘ladi va u oxiratda ziyon ko‘ruvchilardandir.
Bu oyati karimaning avvalida:
«Bugungi kunda sizlarga barcha pok narsalar halol qilindi», – deb yuqorida zikr qilib o‘tilgan oliymaqom ma’no yana bir bor ta’kidlanmoqda. Keyin esa halol-harom masalasida g‘ayridin millatlar bilan ham o‘ziga xos muomalalar, kengchiliklar borligi eslatilib, bu haqda ba’zi hukmlar bayon qilinmoqda:
«Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir».
Islom musulmonlarning nomusulmonlar bilan birga tinch-omon yashashga ruxsat bergan. Lekin shuning o‘zi etarli emas. Modomiki, musulmonlar jamiyatda boshqa din vakillari bilan birgalikda yashar ekanlar, tabiiyki, o‘rtada turli shaklda yaqin aloqalar bo‘lishi, o‘zaro bordi-keldi qilishlari mumkin. Shundan kelib chiqib, musulmonlarga ahli kitoblarning so‘ygan so‘yishlari halol qilingan. Bu oyatda «taom» so‘zi qo‘llangan, ammo undan ahli kitoblarning barcha taomlari, jumladan, cho‘chqa yoki boshqa harom hayvonlarning go‘shti, aroqqa o‘xshash ichimliklari ham halol ekan-da, deb tushunilmasligi kerak. Bu narsalarning haromligi o‘z-o‘zidan hammaga ma’lum. Asli o‘zi halol bo‘lgan boshqa narsalar haqida ham avval aytib o‘tildi. Demak, bu erda gap go‘shti asli halol bo‘lgan hayvonlar ahli kitoblarning dinlari asosida so‘yilgan bo‘lsa, halol bo‘lishi haqida ketmoqda.
Ba’zi kishilar «Sizning taomingiz ular uchun haloldir», deyish nima uchun kerak bo‘ldi ekan? Ular Qur’on hukmiga amal qilishmaydi-ku? Halol-haromning farqiga ham borishmaydi-ku, deyishlari mumkin. Ulamolarimiz bunga javoban «Mazkur xitob mo‘minlarga qaratilgan, sizlar ham ularga o‘z taomingizdan bersangiz bo‘laveradi, deganidir», – deydilar.
Boshqa din vakillariga nisbatan Islomdagi bag‘rikenglik ushbu hukm bilan chegaralanib qolmaydi, balki yana ham chuqurroq, yana ham nozikroq masalada – nikoh masalasida ham ko‘rinadi:
«Iffatlari saqlangan mo‘minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lgan iffatlari saqlangan ayollar ham, agar iffatingizni saqlagan, zinoga bormagan va o‘ynash tutmagan holingizda mahrlarini bersangiz, (sizga haloldir)».
Musulmon erkak kishiga iffati saqlangan muslimaga, iffatli bo‘lib, zinokor bo‘lmay va o‘ynash tutmay, mahrini berib uylanishi shart bo‘lganidek, ahli kitobdan bo‘lgan iffati saqlangan, pokiza ayollarga uylanishida ham mazkur narsalar shart qilindi.
Avval aytib o‘tganimizdek, bir jamiyatda yashayotgan ikki dindagi shaxs o‘rtasida uylanish masalasi ham ko‘tarilishi mumkin. Shuning e’tiboridan Islomda musulmon erkakning ahli kitob ayolga uylanishiga ruxsat berilgan. Bunday nikohda xotin o‘z istagiga binoan, dinini ushlab qolishi mumkin. U o‘z dinining ko‘rsatmalariga amal qilaveradi. Islom dini uning hamma haq-huquqlarini himoya qiladi. Bunday bag‘rikenglik jamiki insoniyatning baxtiga kafolat beruvchi mukammal din bo‘lmish Islomga xos, xolos. Bu hukmning naqadar insonparvar ekanini anglab etish uchun boshqa dinlarga bir nazar solishning o‘zi kifoya.
Masalan, nasorolarning dinida katolik mazhabidagi erkak hatto pravoslav mazhabidagi ayolga uylana olmaydi. Shuningdek, protestant yoki moruniy mazhabidagi ayolga ham uylanolmaydi.
Ushbu o‘ta ahamiyatli hukmlarning so‘ngida shiddatli tahdid kelyapti:
«Kim iymonni inkor qilsa, uning amali habata bo‘ladi va u oxiratda ziyon ko‘ruvchilardandir».
Mazkur hukmlarga og‘ishmay amal qilish iymondandir, boshqacha qilib aytganda, iymon belgisidir. Kimki ushbu hukmlardan yuz o‘girsa, iymonni inkor qilgan, undan yuz o‘girgan bo‘ladi. Iymondan yuz o‘girgan, iymonni inkor qilgan odamning esa avval qilgan hamma amallari behuda ketadi. Bu ma’no Qur’on matnida «habata» so‘zi bilan ifodalangan. Biror hayvon zaharli o‘simlik eb, qorni shishib o‘lsa, «Habata ketdi», deyiladi. Botil amal ham zaharli o‘simlikka o‘xshaydi, uni qilgan kimsaga ofat keltiradi. Eng yomoni – oxiratda u ziyonkorlardan bo‘ladi.("Tafsiri Hilol"). Vallohu a’lam.
1 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar