Qoldirilgan namozda azon va iqomat
Assalomu alaykum! Bizning oramizda kamida 30 yillik qazo namozlari bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Alloh bizlarni mag‘firat qilsin. Mana shu birodarlarimga qazo namozlarini ko‘proq va tezroq o‘qib tugatishlari uchun "Xisob-kitob kuni bizdan namozlarimizdan xisob bo‘ladi. Azon va iqomatlardan emas. Shuning uchun qoldirilgan namozlarni xar biriga azon va iqomatlarni aytib vaqt o‘tkazmasdan tezroq namozlarni o‘qib tugatgan afzal" deb gapirib yuborgan edim. Bunday deyishimga sabab esa azon va iqomatni aynan namozning farzlarida topmaganim edi. Men bu gaplarni qoldirilgan namozlarini tezroq tugatishlari uchun tavsiyani ko‘zlagan edim. Mening aytgan gaplarim tavsiya xisoblanadimi yoki fatvoni o‘rniga o‘tib qoladimi? Umuman o‘zimni fatvo berishga xaqliman deb xisoblamayman. Agar fatvo bo‘lib qolgan bo‘lsa (Astag‘firullox) mana shu noto‘g‘ri fatvo berganim uchun qanday tavba qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bir nechta qazo namozlarni bir vaqta o‘qimoqchi bo‘lsa, avvalgisiga azon va iqoma aytadi, qolganlariga faqat iqoma aytish bilan kifoyalanadi.2). Qilgan ishingiz xato ekanini tushunibsiz, Alloh tavba qilguvchilarning gunohi afv qiladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 154 | Namoz