Qarzimni vaqtida qaytara olmadim

Assalomu alaykum! Men bir do‘stimdan qarz olib vaqtida qaytara olmadim. Ya’ni o‘zim va’da qilgan paytga, oradan bir qancha vaqt o‘tib do‘stimning o‘ziga pul juda zarur bo‘lib qolibdi(men uzim belgilagan muxlatdan xam keyinrok) va mendan pulni qaytarishimni so‘radi. Men qaytarolmadim, imkonim bo‘lmadi. Savolim shunday: Kechiktirib to‘langan qarzni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarzingizni chiroyli ado qiling. Hozirgi kunda odamlarni qarzni qaytarishdagi o‘lchovlari adolatli emas. Shariatimiz, “katta hovlida yashovchi qarzdor pulim yo‘q deyishga haqqi yo‘q. Kattasini sotib kichigiga almashtirib bo‘lsa ham qarzini ado qilish vojib” deydi. Bir qanchalarini ko‘ryapmizki, qanchalar qarzi bo‘laturib dang‘illama to‘y qilmoqda, mashinalar minib yurmoqda. Qarzlarini to‘lamay bunday qilishlari haromdir. Uning ustiga ehson qilishlariga nima deysiz? Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar