Xiyonatga qanday muomala qilsin?

Asalomu alaykum! Alloh qilayotgan amallaringizni dargohida qabul etsin. Men bir savol bilan murojat etmoqchidim. Hozirgi paytda ming afsuslar bo‘lsinki erkaklar oilali bo‘la turib ham begona ayollar bilan sms yoki qandaydir saytlar orqali gaplashib yurishadi. Bunday holatda ayoli bilib qolib va eriga nisbatan muomalasi o‘zgarib hattoki alohida-alohida xonada uxlashga ham borgan bo‘lsa ayoli gunohga qolmaydimi? Ayol erini Alloh hidoyatga boshlashi uchun ko‘proq nimalar bilan shug‘ullanishi kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda ilm o‘qish va unga astoydil amal qilish kerak. Ayol ko‘proq namozlarida duo qilsin. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 102 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar