Farz namozidagi zam suralar

Assalomu alaykum! Avval o‘qigan namozlarimni farz rak’atlarida misol uchun, peshin namozini har bir rak’atida “Fotiha” surasidan so‘ng kichik zam suralar o‘qirdim. Lekin yaqinda farz namozni birinchi 2 rak’atida “Fotiha” surasidan keyin zam sura o‘qib qolgan rak’atlarida faqat “Fotiha” surasini o‘zini o‘qilishini bildim. Avval o‘qigan farz namozlarim xatomi? Qaytadan o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qayta o‘qish shart emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar