Pora evaziga olingan buyum

Assalomu alaykum! Dadam o‘tgan yillarda xududimizdagi MMTP da rais bo‘lib ishlaganlar. Shu yillarda MMTPga tegishli tashlandiq binoni bir tadbirkorga pora evaziga sotdilar va o‘sha pora evazidan menga mashina olib berdilar. Ushbu mashinani minib yurishim qanchalik to‘g‘ri? Mashinani pulini pora bergan kishiga qaytarib berish to‘g‘risida dadam eshitishni xam istamaydi. Men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sekin-sekin pulini uzing, rozi qiling. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar