Boshqa dindagilarga nima bo‘ladi

Assalomu alaykum! Agar qalbida zarracha iymoni bo‘lgan kishi gunohlariga yarasha jazosini olgach jannatga kiradi deb eshitgandim. Boshqa dindagilarga nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Iymoni bo‘lib gunohkor bo‘lish boshqa narsa, boshqa dinga e’tiqod qilish boshqa narsa. Iymoni bo‘laturib gunohkor bo‘lishning ham darajalari bor. Ba’zilar o‘zlarini mo‘minman desalarda kufr ish va so‘zlardan o‘zlarini tiymasalar, ularni mo‘min deb aytilmaydi. Chunki iymon bilan kufr bandada jamlanmaydi. Shuning uchun musulmonman degan kishi qaysi amallar kishini iymon doirasidan chiqarib qo‘yishini o‘rganishi farzi ayndir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shariatlari u zotdan oldingi barcha dinlar va shariatlarni bekor qilgan. عن جابر رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية ، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي » . رواه أحمد ، والبيهقي Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar». Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 158 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar