Merosda bollarni haqqi bormi?
Assalomu alaykum! Tog‘am o‘tgan yili kuzda vafot etdilar, iddasi chiqib kelinimiz yaqinda turmushga chiqishligini aytib o‘z ota uyiga ketdi. Hech kim haydagani yo‘q, hamma roziligida ketdi. 2ta o‘g‘il farzlandlari bor, farzandlarini opoqi, buvasiga tashlab keting desak unamadi. Bolami bermiman dedi, biz tashlab ketsa uy joy o‘sha bollarga qolishligini aytib tushintirdik, agar boshqa erkakni ota deb ketishsa uydan umid qilmasliklarini ham aytdik. Chunki boshqa nevaralari ham bor. Mening savolim quyidagicha: u etim bolalarni uyda haqqi qoladimi? Ketishsa qanday yo‘l tutaylik? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uy kimning mulki bo‘lsa shunga bog‘liq. Agar o‘lgan kishining shaxsiy mulki bo‘lsa etimlarni ham xotinin ham haqqi bor. Bermaslikka hech qanday haqqingiz yo‘q. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: إِنَّ الَّذِينَ يَأْكُلُونَ أَمْوَالَ الْيَتَامَى ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ نَارًا وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًا 10. Albatta, etimlarning mollarini zulm ila eydiganlar qorinlariga o‘t-olovni eydilar, xolos. Va shubhasiz, lovullagan do‘zaxga kirib, kuyurlar.
Oyati karimaning uslubi g‘oyatda ta’sirchan ekanligi ko‘rinib turibdi. Avvalo, kim etimlarning mollarini zulm ila esa, qorinlaridagi u narsa qiyomatda olovga aylanadi.
«Albatta, etimlarning mollarini zulm ila eydiganlar qorinlariga o‘t-olovni eydilar, xolos».
So‘ngra shu holda – qorinlaridagi olov alangalangan holda do‘zaxga kiradilar.
«Va shubhasiz, lovullagan do‘zaxga kirib, kuyurlar».
Do‘zax alangasi ham avj olib turadi. Demak, etimning molini nohaq egan odam ichiyu tashidan olov azobiga giriftor qilinadi. Naqadar dahshatli hol! Naqadar alamli!
Bu oyati karimada kelgan ma’noni ta’kidlovchi, sharhlovchi ko‘pgina hadisi shariflar bor.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zot:
– Halok etuvchi etti narsadan chetda bo‘linglar, – dedilar.
– Ular nimalar, ey Allohning Rasuli? – deb so‘raldi. U zot:
– Allohga shirk keltirish, sehrgarlik, Alloh man qilgan jonni o‘ldirish, riboxo‘rlik, etimning molini eyish, urush kuni qochish, mo‘mina, pokiza ayollarni zinoda tuhmat qilish, – deb javob berdilar.
Mashhur tafsirchilardan Suddiy:
«Etimning molini egan odam qiyomat kuni og‘zidan, quloqlaridan, burnidan va ko‘zlaridan olov chiqib turgan holda tiriltiriladi. Har bir ko‘rgan odam uning etimning molini eganligini bilib oladi», – deganlar.
Ibn Murdavayhi Abu Barzodan rivoyat qilgan hadisda u zot:
– Qiyomat kuni bir qavmlar og‘izlaridan olov purkalib turgan holda tiriltiriladilar, – dedilar. Odamlar:
– Ey Allohning Rasuli, ular kimlar? – deb so‘rashdi. U zot:
– Alloh taoloning «Albatta, etimlarning mollarini zulm ila eydiganlar qorinlariga olovni eydilar, xolos», deganini bilmaysanmi? – dedilar.
Imom ibn Moja Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki zaifning – ayolning va etimning molidan uzoq bo‘lishingizni vasiyat qilaman», – deganlar.
Albatta, bu ta’limotlar musulmonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ularni qattiq larzaga solgan. Ular etimlarning moliga yaqin kelishdan ham qo‘rqib qolganlar.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu bu haqda quyidagilarni aytgan:
«Albatta, etimlarning mollarini zulm ila eydiganlar...» oyati nozil bo‘lganida, etimlarni o‘z otalig‘iga olganlar borib, o‘z taomini ularning taomidan, ichimligini ichimligidan ajratib qo‘ydi. Ortib qolgan taomlar ham to etim o‘zi eguncha yoki aynib qolguncha turadigan bo‘ldi. Etimlarni otaliqqa olganlarga mashaqqat tug‘ildi. Bu hol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga aytilgan edi, Alloh taolo «Sendan etimlar haqida so‘raydilar...» oyatini nozil qildi». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar