Dajjol haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Yana Huzayfadan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men Dajjolda bo‘ladigan narsalarni uning o‘zidan ham yaxshiroq bilaman. Uning oqib turuvchi ikki anhori bo‘lib, biri ko‘zga oppoq suv bo‘lib ko‘rinsa, ikkinchisi alangalanib turgan olov bo‘lib. Agar biron kishi unga duch kelsa, olov bo‘lib ko‘rinayotgan anhorga kelsin. Ko‘zini yumib, boshini egsin va undan ichsin. Haqiqatda u sovuq suv bo‘ladi. Dajjolning ko‘zi o‘chib ketgan bo‘lib, ustida ortiqcha eti bor. Ikki ko‘zi o‘rtasiga "kofir" deb yozilgan. O‘qishni bilgan-bilmagan har bir mo‘min uni o‘qiy oladi". Savolim shuki shu hadisdagi barcha gaplar rostmi? Bu hadisni men "Dajjol haqida nimani bilsiz"dasturidan o‘qidim. Shu dasturga ishonsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dajjol haqida ko‘p hadislar kelgan. Aksari sahih. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar