Salovatlar
Assalomu alaykum! Bu savolni berishdan oldin hazratimizning Mufassal namoz kitobi, “Ruhiy tarbiya” birinchi juzidagi namoz qismi, “vasvasa” nomli fiqh.uz dagi maqolani va xushu haqidagi savol-javoblarni o‘qidim. Aynan mening vaziyatimga oydinlik kiritishingizni iltimos qilib so‘rayman. Men namozni shunchaki o‘qish emas qoim qilish kerakligini shayximiz rohimahullohning kitoblaridan o‘qib, audio va video maruzalaridan eshitib bilib olganman. Hazratimiz o‘zlari ham vasvasa haqida ruhiy tarbiya ustozlarimiz shayton ikki kishini vasvasa qilmasligini aytganlar ya’ni shaytondan ham battar insonlar (chunki vasvasa qilmasa ham battar gunohlarni qiladi ya’ni shaytonning do‘stlari) va chinakamiga Rahmonning bandalari (vasavasa qilgani bilan foyda qilmaydi chunki Allohga yaqin bo‘lib qolgan). O‘rtadagi odamni vasavasa qiladi asosan. Men namoz o‘qiyotganimda xayolimga juda yomon narsalar keladi (aytib bo‘lmaydi ularni), dunyoviy narsalar keladi, o‘qimay oldin o‘zimni nafsimni tarbiyalay desam benamozlikdan ortiq badbaxtlik yo‘q va bu ham vasvasa deb o‘ylayman lekin yaqinda qattiq jiddu jahd qilib hazratning “Tafsiri Hilol”dagi o‘zim yodlab namozga aytadigan suralardan o‘qib ko‘rganimda Allohning fazli bilan yaxshi natijaga erishdim desam ham bo‘ladi. Endi namozimni o‘qish mobaynida suralarni o‘qisam, masalan, Fotiha surasini birinchi oyatini o‘qisam ichimdan o‘zbekcha tarjimasini o‘tkazib olaman. (arabchasi o‘zim eshitadigan darajada va o‘zbekchasi ichimda) 1-oyat: Hamd olamlarning Robbi Allohgadir. Shu kabi qolganlarini ham. Shundagina vasvasa sezilarli darajada kamroq bo‘lmoqda lekin bir rakat namozim 2-3 daqiqa bo‘lib ketadi. Yagona maqsadim, Alloh xohlaganidek, O‘zi rozi bo‘ladigandek qilib namozni qo‘ldan kelganicha xushu bilan o‘qish.
1-savolim: Bularni qaysi biriga amal qilganim ma’qul? Bilaman buning uchun Allohdan yordam so‘rash undan keyin ilmga berilish kerak. Shunday qilayabman ham. Hozircha esa sizlar qaysi yo‘lni tutishimni maslahat berasizlar?
2-savolim: jamoat namozlariga qatnashib qolsam niyatdan keyin va “sano”ni o‘qib bo‘lgandan keyin jim turish kerakligini bilaman. Shunda ham vasvasa kelaveradi. Shu holda nima deb turish kerak. Shunday bo‘lgudek bo‘lsa, ichimdan faqat “Alloh” lafzini aytib turishimni bir akam aytganlar. O‘zi umuman nimani o‘ylasam bo‘ladi, qiyomatning daxshatlarinimi yoki boshqa narsanimi? (rukudan oldin). Sizlarga e’tiboringiz va javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Fotiha surasini ichingizda takrorlab turing. 2). Siz telvizordan uzoqlashing. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar