Kofirlar kimlar?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, eshitishimcha manbalardan bizni yaratgan zot Alloh Quronda kofirlarni najosat bilan tenglashtirgan o‘zi yaratgan bo‘lsaham kofir bandalarini va yana ular sizlarga dushman ular do‘st emas deb Qur’onda aytilgan ekan. Shu gap to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa kofirlar kimlar? Xristianlar ham kofirmi yoki faqat Xudo yo‘q deydiganlar kofirmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jabroilning hadisida jumladan, quyidagilarni aytganlar:
«Iymon – Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga(xususan oxirgi payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam) va oxirat kuniga iymon keltirmog‘ing hamda yaxshiyu yomon qadarga iymon keltirmog‘ing».
Alloh taolo Niso surasida: وَمَن يَكْفُرْ بِاللّهِ وَمَلاَئِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلاَلاً بَعِيدًا «Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, rasullariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, butunlay zalolatga ketibdi», degan (136-oyat).
Bas, Alloh taolo ushbu jumlaga iymon keltirishni shar’iy e’tibordagi iymon qildi. Ushbu jumlaga iymon keltirganlarni «mo‘min» deb nomladi. Shuningdek, ushbuga kufr keltirganlar «kofir» deb nomlanadilar. (“Sunniy aqiydalar” kitobidan).
Nasoro(xristian)lar va yahudiy dinidagilar ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarliklariga iymon keltirmaganlar jumlasiga kiradi. Payg‘ambar deb bilish boshqa iymon keltirib va shariatiga amal qilish mutlaqo boshqa. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 322 | Qur’oni karim