Qo‘yning qorni xaqida
Savolim shundan iborat. Qo‘yning qorni xaqida nima deysiz men Shayx Xazratlari xarom deb aytibdi deb eshitdim. Shu xaqda va qo‘yning yeb bo‘lmaydigan joylari xaqida aytib o‘tsangiz. Javob uchun oldindan raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
So‘yilgan hayvonning eyish harom bo‘lgan narsalari;Hanafiy mazhabi bo‘yicha so‘yilgan barcha hayvonlardan quyidagi narsalarni emoq haromdir;1. Erkak hayvonning zakari.2. Erkak hayvonning ikki moyagi.3. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi.4. Hayvondagi bez.5. Hayvondan oqqan qon.6. O‘t pufak.7. Siydik turadigan a’zo. Chunki Alloh taolo «A’rof» surasida Payg‘ambarimiz alayhissalomning vasf qilaroq:«Ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan», degan. Mazkur etti narsalar ham nopok narsalardir.Mujohid roziyallohu anhudan keltirilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz alayhissalom mazkur etti narsani emoqdan qaytarganlar.Ko‘rinib turibdiki, bu ro‘yxatda qorin yo‘q. U halol, esa bo‘ladi. Men qo‘yning qornini eb bo‘lmaydi deb aytganim yo‘q. Aytmayman ham, inshaalloh! Ammo ba’zi Allohdan qo‘rqmaganlar o‘zining gapini o‘tkazish uchun o‘zidan to‘qib aytib yuborishi mumkin.
1 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom