Chaqaloqlar ovqat idishi
Assalomu alaykum! Bizlarda kattalarning aytishicha chaqaloqlar ovqat egan idishdan suv ichgan piyoladan boshqalar foydalansa bo‘lmas ekan. Agar o‘sha idishlardan foydalansa o‘sha chaqaloq bilan emikdosh xisoblanarkan. Shariatimizda shunday gap bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Go‘dak foydalangan idishga ona suti o‘tib qolgan bo‘lsa, o‘sha idishdagi sutni o‘zini (bir tomchi bo‘lsa ham) ikki yoshga to‘lmagan boshqa bir go‘dak ichsa, ular emikdosh bo‘lib qoladi. Lekin o‘sha idishga suv yoki boshqa suyuqlikni quyib, keyin o‘shani ichsa emikdosh bo‘lmaydi. Chunki ona suti boshqa suyuqlik bilan aralashganda rangi yoki ta’mi o‘sha suyuqlikdan g‘olib kelmasa, sut yo‘q deb hisoblanadi.
Agar o‘sha idishdan 2 yoshdan oshgan shaxs ichsa har qanday holatda ham emikdoshlik sobit bo‘lmaydi. Shu bilan birga, 2 yoshdan oshganlar ona sutini ichishi joiz emas. Vallohu a’lam! Buning hukmini quyidagi maqolada o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/184
13 May 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 176 | Bola tarbiyasi