Onlayn darslarda yolg‘on
Assalomu alaykum! Hozirgi karantin paytida darslar onlayn tarzda bormoqda. Bunday darslarda o‘qituvchi ko‘rmayapti deb ba’zilar qilmagan vazifasini qildim deb hohlaganini qilib yuripti. Buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘ondan qattiq saqlanish kerak. عَنْ صَفْوَانَ بْنِ سُلَيْمٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: قِيلَ لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ جَبَاناً؟ فَقَالَ: «نَعَمْ». فَقِيلَ لَهُ: أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ بَخِيلًا؟ فَقَالَ: «نَعَمْ». فَقِيلَ لَهُ: أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ كَذَّابًا؟ فَقَالَ: «لَا. رَوَاهُ مَالِكٌImom Molik rivoyat qilgan hadisi sharifda Safvon ibn Sulaym roziyallohu anhu aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?» deb so‘raldi. «Ha», dedilar.
«Mo‘min baxil bo‘ladimi?» deb so‘raldi. «Ha», dedilar.
«Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?» deb so‘raldi. «Yo‘q», dedilar».
Ushbu hadisi sharifdan ko‘rinib turibdiki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam garchi boshqa hadislarda qo‘rqoqlik va baxillikni salbiy sifatlar qatorida tanqid qilgan, ulardan chetlanishga amr qilgan bo‘lsalar ham, bu erda bu ikki salbiy sifat yolg‘onga nisbatan arzimas bir hol ekanini bildirmoqdalar. Shu bilan birga, yolg‘on naqadar katta gunoh ekanini, yolg‘onchi odam mo‘min bo‘lolmasligini ta’kidlamoqdalar.
Bu fikrni Imom Bayhaqiy Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadis ham quvvatlaydi. Bu hadisda:
«Yolg‘on iymondan chetlatuvchidir», deyiladi.
Iymon nima, iymonsizlik nima ekanining farqiga boradigan kishi uchun iymonsizlik naqadar katta badbaxtlik ekanligi ma’lum. Qo‘rqoqlik va baxillik xususida so‘z yuritilganda, aytmoq lozimki, bu illatlar kimda mavjud bo‘lsa, eng avvalo o‘sha odamning o‘zi zarar ko‘radi. Odatda, Islom dini o‘z egasidan boshqaga zarari kam etadigan ana shu qo‘rqoqlik va baxillik kabi gunohlarga nisbatan jamiyatga, xalq ommasiga ko‘proq zarari etadigan gunohlarga katta e’tibor beradi.
Islomda bandaning haqqiga zarar etkazadigan gunohlar qattiq qoralanadi. Avvalgi boblarda ham ta’kidlaganimizdek, yolg‘iz Yaratganning haqqi bo‘lsa, o‘sha ma’lum bir gunohni Allohning O‘zi kechirib yuborishi mumkin.
Biroq bandalarga, jamiyatga zarar etkazilsa, o‘sha zarar ko‘rgan banda va jamiyat kechirmaguncha, Alloh ham kechirmaydi. Yolg‘on esa ko‘pchilikka zarar etkazadigan mana shunday gunohlar qatoriga kiradi.
Demak, bir kishining yolg‘onchiligi tufayli necha millionlab begunoh kishilar jafo chekar ekan.
Demak, yolg‘onchining shaxsiga, jamiyatda egallab turgan o‘rniga qarab, jamiyatga keltiradigan zararining darajasi, miqdori, ko‘lami ham o‘zgarib borar ekan.
Yolg‘onning yana bir jirkanch ko‘rinishi aldamchilikdir. Ya’ni o‘ziga ishongan odamni bilib turib aldash – unga yolg‘on gapirishdir. Buni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ulkan gunoh deb ataganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal bu haqda quyidagi hadisni rivoyat qiladilar:
«Eng katta xiyonat senga ishongan birodaringga yolg‘on gapirishingdir».
Ushbu holatlarni hisobga olib, Islomda yolg‘onga qarshi qattiq kurashilgan. Yolg‘onchilar turli razil sifatlar bilan sifatlab ko‘rsatilgan va ularga tayinlangan jazolar takror-takror aytilgan.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda yolg‘onchilik munofiqlikning uchdan bir qismi sifatida bayon qilingan:
«Munofiqning alomati uchtadir: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi, ahd qilsa, aldaydi».
Demak, yolg‘onchilik munofiqlikning birinchi va etakchi sifatidir. Yolg‘on gapirgan odam munofiqlikning uchdan birini qilgan bo‘ladi. Albatta, yolg‘onchi va’dasida turmaydi, ahdiga vafo ham qilmaydi. Oqibatda bunday odam to‘liq munofiq bo‘ladi. Munofiqlik esa kofirlikdan ham yomonroqdir. Munofiqlar Qur’oni Karimning ta’biri bilan aytganda, jahannamning eng to‘ridan joy oladilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda jumladan, shunday deyiladi: Bir odam kelib:
«Ey Allohning Rasuli! Do‘zax amali nimadir?» deb so‘radi. Rasululloh:
«Yolg‘onchilikdir. Agar banda yolg‘on gapirsa, fojirlik qiladi, fojirlik qilsa, kofir bo‘ladi, kofir bo‘lsa, do‘zaxga kiradi», deb javob berdilar.
Asbihoniy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ota-onaga yaxshilik qilish umrni ziyoda qiladi. Yolg‘on rizqni qisqartiradi. Duo qazoni qaytaradi», deganlar.
Ushbu hadisda yolg‘onning bu dunyodagi zararlaridan biri – rizqni kamaytirishi zikr qilinyapti. Demak, Alloh taolo yolg‘onchi kishining uyidan, korxona boshlig‘ining korxonasidan, yolg‘onchi podshohning yurtidan barakotni ko‘taradi, rizqlarini qisqartirib qo‘yadi. Ushbu haqiqatni bugungi kun tajribasida ham ko‘rib turibmiz.
Demak, bu dunyoyu u dunyoning baxtiga erishmoqchi va ikki dunyoning azob-uqubatidan, sharmandachiligidan qutulmoqchi bo‘lsak, yolg‘ondan qutulishimiz zarur ekan. Bu ishda kattayu kichik, erkagu ayol, fuqaroyu amaldor, shohu gado barobar harakat qilmog‘i lozim. Ana shundagina yaxshilikdan umid qilsak bo‘ladi.
Alloh taolo barchamizni yolg‘onchilikdan va yolg‘onchilarning kasridan O‘zi asrasin! Omin! (“Hadis va Hayot” kitobidan). عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي حَازِمٍ قَالَ: سَمِعْتُ أَبَا بَكْرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: إِيَّاكُمْ وَالْكَذِبَ، فَإِنَّ الْكَذِبَ مُجَانِبٌ لِلْإِيْمَانِ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ Qays ibn Abu Hozimdan rivoyat qilinadi:
«Abu Bakr roziyallohu anhuning «Yolg‘ondan hazir bo‘linglar! Albatta, yolg‘on iymondan chetlatuvchidir», deganini eshitdim».
Bayhaqiy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 148 | Ta’lim va muta’allim