Sunnatga muvofiq dam solish
Assalomu alaykum! Ustozlar ilmlaringizni Alloh bundanda ziyoda qilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga qanday dam solganlarining kayfiyatini menga yozib yuboringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 3325. Irboz ibn Soriya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyquga yotishlaridan oldin musabbihotlarni qiroat qilar edilar va:
«Albatta, ularning ichida ming oyatdan yaxshi oyat bor», der edilar».
Sharh: Musabbihot avvalida «subhana», «sabbaha» va «yusabbihu» so‘zlari bo‘lgan suralardir. Ular beshta: «Hadid», «Hashr», «Soff», «Jum’a» va «Tag‘obun» suralaridir.
Ushbu surai karimalarda mo‘min-musulmonlar doimiy ravishda eslab turishlari lozim bo‘lgan oliymaqom ma’nolar bo‘lganligi uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyquga yotishlaridan oldin musabbihotlarni qiroat qilar edilar.
Mazkur suralarni uyquga yotishdan oldin qiroat qilishga targ‘ib qilinishiga sabab bo‘lgan omillardan biri ularning ichida ming oyatdan yaxshi oyat borligidir.
Imom Buxoriy va imom Muslim Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar aytiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon yotar joylariga kirsalar, «Qul huvallohu ahad»ni va ikki «Qul a’uzu»ni o‘qib, kaftlariga dam solar va yuzlariga, badanlarining qo‘l etadigan joylariga surtar edilar».(“Hadis va Hayot” kitobidan).Vallohu a’lam.
1 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar