Namoz takbiri

Assalomu alaykum! Namozda  Allohu Akbar  deb takbir  aytgandan so‘ng qo‘llar bog‘langanda ham Allohu  Akbar  deyiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Deylmaydi. Shu o‘rinda bir narsaga e’tibor berish kerak ba’zi bir masjid imomlari jamoatga eshtilishi uchun “Allohu akbar”ni cho‘zib aytadilar. Iqtido qiluvchilar bu vaqtda tayyor turganlari uchun imom “Akbar”ni aytgunicha quloq qoqib namozga kirib oladilar. Bunday qilganlarning namozi namoz bo‘lmay, qayta o‘qishlari shart bo‘ladi. Chunki ular namozga iqtido qilgan imomlaridan avval kirib olishgan bo‘ladilar. Bu bilan ularning iqtidosi ham namozi ham durust bo‘lmaydi. Shuning uchun imom “Allohu akbar”ning “r”sini aytganidan keyin iqtido qiluvchi “Allohu akbar”ni aytishga kirishishi kerak. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 181 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar