Reanimatolog kasbi

Assalomu alaykum! Men bo‘lajak shifokorman, reanimatsiya yo‘nalishini tanlamoqchiman. Bu tanlov uchun menga 3 narsa turtki bo‘ldi. 1-reanimatologlar bilimi kuchli bo‘lishi 2-reanimatologlar odamni o‘limdan qutqarish savobi va 3-bir reanimatolog qimmatbaxo mashina minishini eshitishim. Shu 3-turtki bo‘lgan narsa meni ikkilantiryapti. Bu soxani tanlasam dunyo uchun tanlagan bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hamma kasb ham tirikchilik maqsadida tanlanadi. Gap uni tanlashda emas, balki boylikdan to‘g‘ri foydalanib oxiratini obod qilishda. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar