Eshel zamonaviy paypog‘i haqida

Assalomu alaykum! Alloh sizlarni ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin! Savolim shaxsiy emas, Eshel zamonaviy paypog‘ini fatvolarni eshitganimdan buyon kiyib, foydalanib kelaman(paypoq uch qavat bo‘lib, ikki ustki qavati lattali va o‘rta qavati yani asosiy qismi salafanga o‘xshash maxsus qismdir), shu vaqtlarda paypoqni yuvish paytida uni tovon qismlaridan suv sizib chiqayotganini ko‘rdim(ikkinchi qavatidagi lattani ichida yirtilgan salafan), buni avvalgi yuvishdan keyin qaysi vaqtda va qancha miqdorda yirtilganini bilmayman. Savolim shuki: bu maxsus salafan qancha miqdorda yirtilganda bo‘lsa mash tortib bo‘lmaydi? Yirtilganidan buyon mash tortib o‘qigan namozlarim hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz shu holatda iste’mol qilishdan to‘xtang. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:56 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar