Tarovex namozi va g‘iybat qilish haqida savollarim
Assalomu alaykum! kadrli ustozlar, ayol kishi bir o‘zi tarovex namozini o‘qisa bo‘ladimi. Agar mumkin bo‘lsa 20 rakatda bilgan suralarni zam qiladimi?
2. Uyimiz atrofida 2 ta masjid bor. Ikalasida xam tarovex namozi o‘qilmokda. Bir kun bu masjidga bir kun ikkinchisiga chikish keraymi yoki boshidan oxirisigacha bittasida o‘qish keraymi?
3. Nima uchun erkaklarga nisbatan ayollar ko‘p g‘iybat qilishadi? Javoblar uchun Rahmat. Alloh umrlarizga, rizklarizga, oilalarizga baraka bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ayol kishiga ham taroveh namozini o‘qish sunnati muakkada. Ya’ni vojibga yaqin amal. O‘qimasa gunohkor bo‘ladi. Bilgan suralarini o‘qiyveradi. 2). Ixtiyoringiz. Xatmi Qur’on bo‘lsa, bittasida oxirigacha tugatsa, yaxshi bo‘ladi. 3). Odatda ayollarning tabiatida boshqalarning hayoti haqida qiziqish ko‘proq bo‘ladi. Albatta g‘iybatdan nafaqat ayollar balki barcha musulmonlar saqlanishlarimiz kerak. Alloh taolo “Hujurot” surasi 12-oyatida marhamat qiladi : أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ ...Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini eyishni yaxshi ko‘rurmi? Ha, yomon ko‘rasizlar. Allohdan qo‘rqinglar!... hamda “Humaza” surasida ham : وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin. Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz. Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi.("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar