Shu korxonada ishlasa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Man Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilaman. Kompyuter operatori sohasida ishlar edim, lekin shu yili ish yo‘qotganim sababli, yangi ish joyi qidirib yurgan edim. Yaqinda, «Triple A» yoki AAA kompaniyasi (korxona haqida ma’lumot https://en.shikipedia.org/shiki/Automobile_Club_of_Southern_California) ish taklif qildi, shu korxonada kompyuter operatorligi lavozimiga. Ishdagi vazifam korxonaga tegishli kompyuterlarni texnik sozligiga javob berish va korxona ishlash faoliyatida texnik sabablarga ko‘ra uzulish bo‘lib qolishini oldini olish. Korxonaning asosiy faoliyati o‘z klubi a’zolarining yo‘l transport vositalariga xizmat ko‘rsatish, yo‘lda biror yordam kerak bo‘lsa ularga texnik yordam ko‘rsatish, mijozlarini yo‘l xaritalari bilan ta’minlash. Lekin, shu qatorda ular mashinalarni, uy va sog‘liqni sug‘urtalsh xizmatlarini ham taklif qilyapti. Sug‘urta sohasida harom aralashgani uchun, yuqorida tilga olingan lavozimga shu korxonaga ishga kirsa bo‘ladimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imkon bo‘lsa boshqa ish topganingiz yaxshi, lekin sug‘urtasiga aralashmasdan birinchi ishni o‘zini qilsangiz joiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar