Payg‘ambarimiz ismlari

Bismillahir Rohmaniyr Rohiym. Assalomu alaykum Hurmatli Shayx xazratlari. Kecha bir aqiqa marosimida qilingan ma’ruzada, domla tomonidan bir hadis aytildi, uning ma’nosi quyidagicha: kimning uchta o‘g‘il farzandi bo‘lsa-yu, farzandaridan biriga Payg‘ambarimizning ismini qo‘ymasa u baxil musulmon bo‘lar emish. Qiyomatda Payg‘ambarimizga "Ey Muhammad jannatga kir" degan nido bo‘lganda, barcha Muhammad ismli kishilar ham jannatga qarab yo‘l olar ekanlar. Shunda Alloh sizlarni aytmayapman deyishga hayo qilar ekan va barcha Muhammad ismli kishilar jannatga kirib ketar ekanlar, garchan gunohkor bo‘lsalar ham. Shu bor gap-mi? Sizga tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gapni birinchi marta bildim. Biz bilgan gaplarda unday gap yo‘q.

1 May 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 169 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar