I Phone

Hurmatli Ustoz, Makintosh korporatsiyasi mahsuloti bo‘lmush Apple I Phone uchun mo‘ljallangan iQuran dasturidan foydalanar edim. Bu dastur Qur‘oni Karim va bir qancha tillardagi Uning ma‘nolar tarjimasini o‘z ichiga olgan. Ammo o‘zbek tilidagisi yo‘q edi, va qani endi bizni ona tilimizda ham shu dastur qayta ishlansa deb kutib yurardim. Bugun shu dasturni yangilash jarayonida Sizning Qur‘oni Karimga yozgan ma‘nolar tarjimangiz ham qo‘shilgani meni juda hursand qildi. Bu hayrli ishingizda Sizga va Sizga ko‘makchi bo‘layotganlarga Alloh ulkan ajrlar bersin! Bu mavzuni yozishimdan murod Sizga cheksiz minnatdorchilk izhor etish va Apple mahsulotlaridan foydalanuvchilar uchun bu dastur juda qulay, foydali va eng muhumi o‘zbek tilida ekanini bildirib qo‘yish edi. Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tashakkur!

2 May 2022, 23:37 | Savol-javoblar | 172 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar