Oyligim bu holatda halolmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, man bir aloqa operatorining ishchisiman. Savolim shuki kompaniyamiz texnik xatoligi sabab abonentlarning hisob raqamidan sababsiz pul echilish holati ko‘p uchraydi. Buni ko‘p abonentlar bilmaydi va bu pullarni birma-bir qaytarish imkoni bo‘lmaydi. Bu abonentlarni ichida etimlar va miskinlar bor va ularning ham hisobidan pul echilish ehtimoli katta. Kompaniya ishchilari olgan maoshi etimlarni haqqini egan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlarning sohangizda birovning haqqini eyish ehtimoli aniq yoki ehtimoli katta bo‘lsa gunohi ham juda og‘ir bo‘ladi. Chunki qiyomat kuni sizlarga abonent bo‘lgan har bir kishining qo‘llari yoqangizda bo‘ladi. Sizlar buni bilib turib shu holda faoliyat yurgazishingiz ham joiz emas. Buni kattalaringizga bildirib, chorasini ko‘rishga harakat qilish lozim. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar