Najot namozi
Assalomu alaykum! Najot duosi quyidagicha o‘qiladi: 1. Boshida Bomdod namozidan avval 2 raka’at nafl namoz o‘qiladi, niyatda esa “Niyat qildim 2 raka’at tilak namozini ado etmoqni...” deb aytiladi 2. 1 – Raka’atda 7 marta Fotixa va 7 marta Oyat-al-Kursiy 2 – Raka’atda esa 7 marta Fotixa va 7 marta Ixlos bilan ado etiladi! 3. So‘ngra bomdod namozi o‘qiladi undan keyin esa quyosh chiqqunga qadar Ixlos surasi bilan birga ushbu duo olib ketiladi: La havla vala quvvata vala izzata vala haybata, vala amata vala hamiyyata vala rohmata vala mag‘firota illa billahil ’aliyyul ’aziym deb 99 martadan o‘qib duo qilinadi. 3. Shu kuni asrgacha qo‘l bo‘shaganda kamida 99 ko‘pida 1100 gacha (99-300-500-700-900-1100) ushbu duo o‘qiladi: “SubhanAllohu valhamdulillaxi vala ilaha illallohu vAllohu akbar”. Ushbu namozga qanchalik ishonsak bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizda bunday namoz yo‘q. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 198 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizda bunday namoz yo‘q. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 198 | Namoz