Xaqiqiy taqvo
Assalomu alaykum! (Uzunroq yozgan edim, vaqtingizga rozi bo‘ling). Ustoz qanday qilib ixlos va chinakam taqvoga erishish mumkin? Ya’ni biror dunyoviy manfaat ko‘zlamasdan, boshiga musibatlar kelsada, yaxshilikda ham yomonlikda ham, istaklari amalga oshmaganda ham xotirjam holatda ibodatlari va taqvoda og‘masdan bir holatda turish uchun nima qilish kerak?. Men o‘z holimni aytib bersam yanada tushunarli bo‘ladi. Benamoz, chakadigan, faxshdan saqlanmaydigan va kichik sag‘ira gunohlarda bardavom odam edim. Allohga shukurki qalbimni ibodatga, ilm o‘rganishga va shayx rohimahullohning kitoblariga ixlosli qildi. Namozni boshladim, chekishni to‘xtatdim, bo‘ydoqman qizlarga yomon qarashlardan o‘zimni qo‘ldan kelgancha ancha o‘zgarishlar b.n saqladim. Tilimga xarakatlarimga, amallarimga jiddiy qaray boshladim. Xullas men o‘zimcha o‘zimni taqvodordek xis qildim. Bomdodga uyg‘onsam ich kiyimda namlik sezsam qish bo‘lishiga qaramay muzdek suvda qancha g‘usul qilib namozdan qolmaslik u.n ibodat qildim. (Xozir iliq suvda ham erinaman, muzlagan suvda muzdek hammomda g‘usul qilardim) Masjidga kirsam oxiri chiqaman, ishda maruza tingleman kechasi kitob o‘qiman. Bular menga ummuman mashaqqat bermadi. Erinmadim o‘zimni unaqa majburlamadim ham. Menda qalbimda muhabbat, ixlos bor edi. 1, 1.5 yil shunday yurdim. Keyin birdan turli sinovlar keldi. Hayotim uchun juda muxum amalga oshishi kerak bo‘lgan 3 ta ish bor edi. Turli masalada. Duo qildim, xarakat qildim qattiq nasb qilmadi. Ishimdan chiqdim, sal kam 1 yil bekor bo‘ldim. Sharoitim og‘irlashdi. Rosa qiyin kunlar bo‘ldi. Men xoxlagan eng kerakli bir insonni ham ololmadim. Uylanishim k.k edi, berishmadi. Sharoit sabab uylanolmadim. Ahvolim kambag‘ollikda. Faxshdan qutulish u.n gunoh qilmaslik u.n qattiq duolarda so‘rab ibodatlarda, ulug‘ kechalarda rosa ixlosla ko‘p-ko‘p so‘radim. Ammo, ha osmondan pul tushmaydi lekin men soraganlar bolmadi, xozircha. Na nafsimni engolmadim, na xaloliga burolmadim. Nafsimni engishim ham uylanib haloliga burishim ham Allohdan. Lekin u ham bu ham bo‘lmadi-da. Ustoz dinimda men qiyinchilikda tushdim. So‘raganlarim bo‘lmagach kuchim etmagach nafsimni o‘ziga tashlab qo‘ydim, o‘zim aybimni bilsamda ammo ishonasizmi umuman kuchim etmay qoldi namozga ham. Boshiga xuftonga erinib kamaytirdim, o‘qime qo‘ydim. Keyin Bomdodni o‘qime qo‘ydim. Faqat 3 maxal o‘qidim. Keyin esa chekyabman, sokinyabman. Vaqtim xar xil o‘tmoqda. Kitoblarni qo‘ya turing. Bora bora nafsimni boshqara olmay xa 1 yarm yil kurashdm na kuchim etdi na bir uylanoldim deya xafa bolb ketib. Unga ham egildim. 3 maxal namozni ham junublik sabab ko‘p qoldirib qoldirib o‘qiyabman. Xar kuni munojat qilardim mazza edi. Ammo munojot ham qilolmay qoldim. Buni sababini men bilaman Alloh biladi. Sababi shu men dunyoviy manfaatni kozlab ibodatga krganim yo‘q, men ibodatga krganimdan keyin extiyojlarimga faqat nafs uchun emas gunohdan qochish u.n so‘ragan extyojlarimga erisha olmagach go‘yo menga Robbim yordam bermay, o‘z xolimga tashaganday bo‘ldi. Bu uzulish bu siqilish birdan emas sekinlik bilan juda ko‘p tavba va qaytishlarlar bo‘ldi. Baribr mana sinib qoldim. Men so‘raganim menga yaxshimi yomonmi Xudo biladi men xech kimman qulman qul. Barini xammasini tushunaman. Muammo va e’tirozim ummuman yo‘q. Faqat men aybim va barini tan oldim lekin mendan ixlos va taqvo olindi. Buni qaytarolmayabman. Yolvoraman qanday qaytarishni o‘rgatinglar. Savolim shuki. Duo qilsam ham so‘raganim bo‘lmasa, yomonlik kelsa ham, yaxshilik kelsa ham, ixlosim o‘zgarmasa, nima bo‘lsa ham taqvoimda qoim bo‘lsam buni qanday qilish mumkin. Duoim ijobat bo‘lmadi, qiyinchilik keldi, boshqa bo‘ldi, u bo‘ldi bo‘lib shu ishlar meni o‘zgartirmasa. Qanday qilib xaqiqiy dunyoviy manfaatlarsiz dunyoni kozlamay taqvoda muallaq qattiq turish yo‘llarini topsa bo‘ladi. Iltimos men bir ojiz bandaga ilmilar boricha xaq yo‘lni korsatinglar. Xolim xarob bolmoqda. O‘zim bilsamda qo‘limdan hech nima kelmayabdi. Go‘yo cho‘kishini bilib jim turgan insondekman. Suvda xarakat qilgani kuchim yo‘q axvolim xuddi xarakat qilsam ham baribr cho‘kaman ekan bore, degan odamdekman. Alloh menga sinov berdimi jazomi bilmay qoldim. Bu musibatlar meni Robbimdan uzoq qilmoqda. Bu unda jazomi ekan? Jazo bo‘lsa qanday qilib Allohn g‘azabini qaytaray qachon ahvolim to‘g‘irlanadi. Nima qilib kuch topishim mumkin? Iltimos menga javob beringlar. Biror odamga buni yuzma yuz og‘zaki aytib tushuntirolmiman. Yordam beringlar Allohga qaytishim uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duolar ijobat bo‘lmayapti deb Allohga shakkoklik qilish to‘g‘ri emas. So‘ragan narsangizni bermasligi bu ijobat qilmagani emas. Alloh buni hikmatini O‘zi biladi. Ehtimol so‘ragan narsangiz sizga Allohning nazdida foydali emasdir. Bir kishi bir olimning oldiga kelib “Menga bir vazifa bersangiz, toki yaxshiliklarga erishsam” degan ekan. Olim odam “Har kuni ming marotaba Alloh taoloning “Alloh” degan ismini zikr qil” deb javob beribdi. U kishi oradan 5-6 oy o‘tib kelibdida “Aytganingizni har kuni qoldirmasdan qilaman, lekin hech qanday o‘zgarish yo‘q” deb aytibdi. Shunda olim kishi “Ey noshukur banda, senga Alloh taolo O‘z ismini bir kunda ming marotaba zikr qilish tavfiqini beribdiku yana senda nima o‘zgarishi kerak” deb tanbeh bergan ekan. Siz ham shunga o‘xshar ekansiz. O‘zingiz aytganingizdek Allohning go‘zal ismlari va oyat-sunnatda kelgan duolarni o‘qir va ibodatda ekansiz. Shularning o‘zi siz uchun eng katta lutf emasmi?! Qancha-qancha odamlar haromni halol deb qilib oxiratlarini kuydirib yurishibdi. Siz ham o‘shalar qatorida emasligingizni o‘zi katta lutf emasmi?! Duolaringizga kelsak, Alloh taolo har bir duo qiluvchining duosini ijobat qilishni va’dasini bergan, ijobatida esa hikmatini O‘zi biladi. Ba’zan duo qiluvchining so‘raganini o‘sha zahoti beradi, chunki unga so‘ragan narsasini o‘sha paytda bersa foydasini Alloh biladi. Ba’zan so‘ragan narsasini keyinroq beradi, chunki u odamning so‘ragan narsasi u uchun o‘sha paytda emas, balki Alloh taolo bergan vaqtda u uchun foydaliroq bo‘ladi. Ba’zan esa so‘ragan narsasini oxiratga olib qo‘yadi, chunki uni so‘ragan narsasi u uchun bu dunyoda emas, balki oxiratda foydaliroq bo‘ladi. Ehtimol duolaringizni shak bilan qilayotganingiz uchun qabul bo‘lmayotgandir. Alloh biluvchiroqdir. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: وَعَسَى أَن تَكْرَهُواْ شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ وَعَسَى أَن تُحِبُّواْ شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَّكُمْ وَاللّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ 216... Ajab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz esa bilmassiz. Vallohu a’lam!Ushbu maqolani o‘qing: https://islom.uz/maqola/1220
12 Sentabr 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 133 | Ruhiy tarbiya