Suyunchi porami

Assalomu alaykum! Hozirgacha ko‘p OAV larda tug‘ruqxonalarda doyalarga beriladigan “suyunchi”larni “pora” deyishadi. (Masalan Televizordagi information dasturda “Tug‘ruqxonalardagi poraxo‘rlikka qachon barham beriladi” sarlavhali videorolik ommaga havola etilgan. Unda chaqaloq tug‘ilganda doyalarga berilayotgan suyunchi pullari hamda ularni olish qoralangan va tanqid ostiga olingan edi.) Lekin, hatto payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vassallam tug‘ilganlarida ham suyunchi berilgan ekan. Suyunchi olish halolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta farzand ko‘rgan inson quvonganidan ko‘nglidan chiqarib biror narsa bersa buni hech kim malomat qilmaydi. Lekin doyalar qaroqchilar darajasiga etib qoldi. Hatto bir doya oynadan chaqaloqni otasiga ko‘rsatib suyunchi olaman deb chaqaloq qo‘lidan sirpanib tushib majruh bo‘lgan holat ham bor. Suyunchi beradigan ahvolda ko‘rilmaganlarning shikoyat qilgan xotinlar qancha. O‘zi bir o‘limdan qolib yotgan bo‘lsa, suyunchi bermasakan deb o‘z holiga tashlab qo‘yilsa. Oyligi oz bo‘lsa qolganlar ham o‘shandek oz oylikka ishlashmoqda.  عن عمرو بن يثربي  رضي الله عنه  قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لا يحل مال امرئ مسلم , إلا بطيب نفس منه  Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati.
Kimga ishingiz tushsa sug‘irib olaversa qanday qilib uni olganini pora deb bo‘lmaydi? Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar