Ijaradagi muomala

Assalomu alaykum! Ijaraga uy olib, ushbu uyda ijaraga oluvchining o‘zi bepul yashashi uchun va boshqa xarajatlarini qoplash uchun uyga odam qo‘ysa joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Ijaraga uy olgan odam uyning egasi bo‘lolmaydi. U faqat asl egasi ruxsat bergan foydalanish turiga ega bo‘ladi xolos. Agar uyning egasi uydan har qanday shaklda foydalanish ruxsatini bergan bo‘lsa, shu qatorda boshqa odamlarni ijaraga qo‘yishga ham ijozat bersagina ijaraga qo‘yishi mumkin. Ijaraga qo‘yishda o‘zi ijaraga olgan haq miqdoriga qo‘yishi mumkin. Masalan 100ga ijaraga olgan bo‘lsa, 100ga ijaraga berishi mumkin. Agar ko‘proqqa ijaraga bermoqchi bo‘lsa, ijaraga olgan holatiga o‘zgartirish kiritishi shart. Masalan uyni ijaraga olgan bo‘lsa, biror jihozni yonidan qo‘shib, qulayligini ham ko‘paytirishi kerak. Mashina ijaraga olgan bo‘lsa ham uning biror narsasini yangilashi kerak bo‘ladi. Masalan balonlari va hokazo. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar