duo kilish
asalomu alaykum,Ustozbir savolim bor edi mumkin bulsa,agar bir yakiningizni yoki juftingizni gap bilan tan nasiyat berishga godir bulmasa kishi duo kilib shu insonlarni kolaversa uzini takdirini yaxshi tarafga uzgartirsa buladimi,yani allohdan duo kilib gunohlarini kechirishini va tugri yulga iymonga galbini solishini va fitnalardan saklashini surasa.DUO TAKDIRNI UZGARTIRADIMI BUNGA IXLOS KILISH KANDAY BULISHI KERAK,OLDINDAN RAXMAT, DUO KILSANGIZ IYMONIMIZ MUSTAHKAM BULSIN U’HUN,BIZ HAM SIZNI DUO KILIB TURAMIZ,INSHALLOH.....
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qazoni faqatgina duo rad qiladir. Umrni faqatgina yaxshilik ziyoda qiladir», dedilar».Sharh: «Qazo Alloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan bilishidir».«Qazoni faqatgina duo rad qiladir».Aslida qazodagi narsa qadarga kelishi kerak. Ammo ba’zi ulamolarning gapiga qaraganda, qazo ikki xil: mubram, ya’ni, uzil-kesil qazo va muallaq, ya’ni, bir narsaga bog‘liq qazo bo‘ladi.Misol uchun, falonchi duo qilib tursa, falon kuni bemor bo‘lmaydi, qilmasa bo‘ladi, kabi holatlar muallaq qazo deyiladi. Duo bilan rad bo‘ladigan qazo mana shunga o‘xshash qazodir.Qadarni qadar ila daf qilish ma’nosini ham unutmaslik zarur. Shu ma’noda duo ham qadar bo‘ladi.Ochlik qadari oziklanish qadari ila daf qilinadi.Chanqoq qadari serob bo‘lish qadari ila daf qilinadi.Bemorlik qadari davolanish qadari ila daf qilinadi.Hazrati Umar roziyallohu anhu Shomga borganlarida u erda vabo tarqalganini eshitib, orqaga qaytishga qaror qildilar.Shunda Abu Ubayda roziyallohu anhu:«Allohning qadaridan qochibmi?» dedi.Hazrati Umar roziyallohu anhu unga:«Shuni sendan boshqa odam aytsa bo‘lmasmidi!? Ha, Allohning qadaridan Allohning qadariga qochamiz. Aytginchi, agar sening tuyalaring bo‘lsa-yu, ular ikkiga bo‘lingan bir vodiyga tushsalar. Bo‘laklarning biri serhosil bo‘lsa-yu, boshqasi quruq bo‘lsa, hosildorida boqsang ham Allohning qadari ila boqasan, qurug‘ida boqsang ham Allohning qadari ila boqasan. Shunday emasmi?!» dedilar.«Umrni faqatgina yaxshilik ziyoda qiladir».Aslida belgilangan ajalning vaqti-soati o‘zgarmaydi. Demak, bu hadisi sharifdagi «umrning ziyoda bo‘lishi»ni «barakali bo‘lishi» deb tushunish kerak. Ya’ni, har bir inson o‘ziga belgilangan ajalgacha yashaydi, ammo umri barakali bo‘lib, hayoti davomida bir necha kishi qiladigan yaxshiliklarni bajo keltiradi.Yoki xuddi qazoda aytib o‘tilgani kabi, ajal ham ikki xil bo‘ladi. Falonchi taqvo ila yashasa, saksonga, bo‘lmasa, ellikka kiradi deyilgan bo‘ladi. Yaxshilikni ko‘p qilgan odamlarning umri ziyoda bo‘lishi shunga o‘xshash bo‘ladi.Bu hadisi sharifning ma’nosi haqida turli fikrlar aytilgan. Ularning turli bo‘lishi qazoi qadar masalasiga bog‘likdir. Ammo qazoi qadar masalasida qazoni qazo bilan daf qilinadi, degan qoida borligini esga olsak, ish osonlashadi. Bundan yomon qazoi qadarning duo bilan daf bo‘lishi kelib chiqadi. Shuningdek yaxshilik tufayli umrning qisqa qadarini daf qilinib, uzun qadariga o‘tkazilishi kelib chiqadi.Bu hakda «Kashshof» tafsirida quyidagilar aytilgan:«Kishining umri uzaysa ham, qisqarsa ham kitobda bordir. Uning surati quyidagicha: Lavhga «Agar falonchi haj yoki g‘azot qilmasa, umri qirq yil. Agar haj va g‘azot qilsa, umri oltmish yil» deb yozilgan bo‘ladi.Bu ma’no «Ma’olimut Tanzil» kitobida ham kelgan.Ushbu masala bo‘yicha imom G‘azzoliy rahmatullohi alayhi mashhur asarlari — «Ihyou ulumuddin» kitobida quyidagilarni aytadilar:«Agar qazoni qaytarib bo‘lmasa, duoning foydasi nedir, deydigan bo‘lsang, bilki, albatta, baloni duo bilan rad qilish ham qazodandir. Xuddi qalqon kamon o‘qini rad qilishga, suv erdan o‘simlik unib chiqishiga sabab bo‘lganidek, duo baloni rad qilish va rahmatni jalb qilishga sababdir. Xuddi qalqon o‘qni daf qilib, biri biri ila qaytarilganidek, duo bilan balo ham bir-birini muolaja qiladi.Alloh taoloning qazoi qadarini e’tirof qilishning sharti siloh ko‘tarmaslik emas. Batahqiq, Alloh taolo: «Bas, hazir bo‘lsinlar va silohlarini olsinlar», — degan.Shuningdek, urug‘ ekkan odamning erni sug‘ormasligi qazoi qadarni e’tirof qilishning sharti emas.Agar o‘sishning qazosi oldin amalga oshirilsa, shu ekin o‘sadi. Bo‘lmasa, o‘smaydi.Alloh taolo sabablarni sabablangan narsalarga bog‘lab qo‘ygandir. Bu birinchi qazodir. U ko‘z ochib-yumguncha, balki undan ham tezroq sodir bo‘ladi.Sabablangan narsalarning tafsilotini sabablarning tafsilotiga birin-ketin, o‘lchov ila tartibga solish qadardir. Yaxshilikni takdir qilgan Zot uning sababini ham takdir qilgandir. Yomonlikni taqdir qilgan Zot uni ketkazishni ham takdir qilgandir. Qalb ko‘zi ochiq kishilar uchun bu ishlar bir-biriga zid emas.Qolaversa, duoning foydalaridan biri shuki, u qalbning Alloh bilan birga bo‘lishini talab qiladi. Bu esa, ibodatning cho‘qqisidir. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Duo ibodatning iligidir», deganlar.Ko‘pincha bandalarning qalblari hojat tushganda va qiyin holda qolgandagina Alloh tomon buriladi. Qachon insonni yomonlik tutsa, duoni ko‘paytiradi.Hojat insonni duoga muhtoj qiladi. Duo esa, qalbni tazarru’ va siniqlik ila Alloh azza va jallaga qaytaradi. Bas, shu bilan ibodatlarning afzali bo‘lgan zikr hosil bo‘ladi.Shuning uchun ham balo-ofatlar anbiyo alayhissalomlarga muvakkal qilingandir. So‘ngra avliyolarga, so‘ngra ularning yaqinlariga va hokazo».Umrning ziyoda bo‘lishi haqida ham xuddi shu gaplarni aytish mumkin.
1 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda