Ruqiya ismi

Assalomu alaykum! Yaqinda qiz farzandli bo‘ldik Allohga shukr. Lekin bir masala meni o‘ylantirmoqda. Qizimizni ismini Ruqiya deb qo‘yishdi. Bir Masjidni Imomi qo‘ysa bo‘ladi debdi. Lekin yaqinda eshitib qoldim. Ruqiya ism emas dam solish degani ekan. Ruqayya desa to‘g‘ri bo‘ladi diyishdi. Uydagilarga aytdim. Ruqiya emas Ruqayya ekan. Ruqayya deb chaqiringlar desam hich kim aytmayapti. Ismini o‘zgartirganimiz maqulmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida dam solish “ruqya” va ismning to‘g‘ri talaffuz siz aytganingizdek “Ruqayya”. “Ruqayya” deb to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rganinglar. O‘zgartirish shart emas. Chunki bu ism Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning qizlarining ismidir. Alloh qizingizni Ruqayya onamizga o‘xshagan mo‘’mina, soliha, obida, sojida bandalaridan bo‘lishligini nasib qilsin! Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar