Jinlar kirishi haqida
Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Meni akam ruhiy xasta. Uni olib bormagan doktor, ko‘rsatmagan qasidaxon va domlalar qolmadi. Hisob axvoli biroz yaxshilangandek bo‘ladi, lekin yana o‘sha eski holatga qaytadi. Yaqinda onamlar Quva yo‘liga ketishda bir ayol borligini va o‘sha ayol ruhiy hasta bemorlarni davolashini va akamni ham o‘sha ayolga olib bormoqchi ekanini aytdilar. Chiqmagan jondan umid deb akamni o‘sha ayolga olib bordik. Haqiqatda o‘sha ayol Qur’on suralaridan o‘qib davolar ekan va bir kuni o‘sha ayol onamlarga bitta soliq qo‘y olib kelishini va akamni ichiga kirib olgan qandaydir jinni o‘sha qo‘yga o‘tkazib berishini aytgan. Meni nazarimda u ayol aldayotgandek. Savolim shundan iboratki inson ichiga rosdanam jinlar kirib olishi va u jinni bironta hayvonga o‘tkazib yuborish bor haqiqatmi? Iltmos menga javobini aytsangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U ayolning gaplari safsatadan boshqa narsa emas. Undaylarning oldiga borish ham gunoh. Unday firibgarlar Qur’onni o‘ziga niqob qilib olishadi, o‘zlari esa Qur’on oyatlariga mutlaqo zid ish tutishadi. Ularni Qur’ondan ba’zi oyatlarni o‘qishlariga aldanib qolmaslik kerak. Ular kabi insonlarni ajratish uchun Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlarining “Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlarining haqiqati” nomli kitoblarini olib o‘qing. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 212 | Tabobat